Sinov va o’lchov laboratoriyasi

1Sinov va o’lchov laboratoriyasi 2013 yil  1 aprelda attestastiyalangan №06-03 va ish faoliyatini boshlangan.

Laboratoriyaning asosiy prinstipi:

Sifat barcha narsadan ustundir!

Attestastiya ko’lami va talablariga amal qilish asosida laboratiriya sifat tizimi ishchi holda saqlash  va kelajakda takomillashtirishdan iboratdir.

Laboratoriyaning asosiy vazifasi:

  1. Hom-ashyo va materiallarni sifatini baholash.
  2. Ishlab chiqarish jarayonlari bosqichlarida mahsulot sifatini monitoring va nazorat qilish.
  3. Iste’molchiga sifatsiz mahsulot  o’tib ketishini oldini olish.

Laboratoriya va ishlab chiqarish hodimlari hamkorligida  mahsulot sifatni oshirish chora tadbirlarida va nuqson mahsulot bo’lib qolishini oldini olishlarida ishtirok etadilar.

3 4 2

mamajonov.a_(2)2Sinov va o’lchov laboratoriyasiga bir necha o’quv qo’llanmalar va 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, ISO sifat menejmenti tizimi bo’yicha etakchi (DQS Quality System) auditori, kimyo fanlar nozmodi Mamajanov Abduvohid Abdurahmanovich boshchilik qiladi.

 

 

 

 

Bizning sinov va o’lchov laboratoriyamiz zamonaviy o’lchash va sinash vositalari bilan qurollangan.

otreznoy_satanok Kesish dastgohi

DESK-254 ( Korea- Tech Co)

Payvand choki uzunligi va chuqurligini tekshirish maqsadida detallarni kesish uchun qo’llaniladi.

Detallarni dastgohda kesish suvli sovitish tizimi asosida olib borilishi bilan mehanik hususiyatlari saqlanadi.

shlifovalniy-stanok Silliqlash dastgohi

P2-203D ( Korea- Tech Co)

Payvand choki uzunligi va chuqurligini tekshirish maqsadida detallarni silliqlash uchun qo’llaniladi.

Detallarni dastgohda silliqlash suvli sovitish tizimi asosida olib borilishi bilan mehanik hususiyatlari saqlanadi.

shkaf Havo so’ruvchi shkaf

FUME HOOD (KT-FHA 1200 Korea-Tech)

Payvand choki uzunligi va chuqurligini tekshirish maqsadida metallarni kimyoviy ishlov berish (travleniya) uchun qo’llaniladi.

Detallarga  kimyoviy ishlov berishda

hodim havfsizligi va laboratoriya muhitni sofligini ta’minlaydi.

mikroskop Mellografik mikroskop

Microscope OLYMPUS (JAPAN)

Payvand chokining uzunligi va chuqurligini yuqori aniqlik bilan o’lchash maqsadida foydalaniladi.

Detallar payvand choki uzunligi va chuqurligini aniqlash mikroskop va komp’yuterga o’rnatilgan mahsus dasturiy ta’minot yordamida  kalibrovkalash, tasvir ravshanligini sozlash va o’lchash olib boriladi.