energetik«Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar elektr energiyasi tarmoqlariga xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkolot rahbarlari diqqatiga !

Asaka shahridagi Uz-DongWon Co» qo’shma korxonasi 2016-2017 yillar kuzgi qishgi mavsumida elektr energiyani uzliksiz ishlashini ta’minlash uchun 2.5 km bo’lgan elektr tarmog’i liniyasini joriy ta’mirlash pudrat ishlari uchun

TANLOV  E’LON QILADI!

Buyurtmachi : «Uz-DongWon Co» qo’shma korhonasi (Asaka shahri, Fargona ko’chasi, 57-uy. Tel : (374) 233 13 58, Faks : 233 13 58 )

Bajariluvchi ishlar:

1. Xavo va kabel liniyasini laboratoriya sinovidan o’tkazish.

2. Xavo liniyasi tayanchlar orasidagi osilib qolgan elektr simlarni tortish.

3. Tayanchlardagi yorilgan va singan izolyatorlarni almashtirish.

4. Xavo liniyasiga tegib turgan daraxt shoxlarini kesish.

5. Kuygan yuqori kuchlanishli kabelni qayta tiklash.

6. Yuqori kuchlanishli kabel uchliklariga mufta (kontsevaya mufta) o’rnatish.

7. Xavo va yuqori kuchlanishli kabel liniyasi tayanchiga ajratgich (razedenitel) o’rnatish.

Moliyalashtirish: buyurtmachining o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.

  • Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar quyidagi shartlarga: tanlov savdolari predmetining 20 foizi miqdoridagi aylanma mablag’larni berishga bank kafolatnomasiga, ishlar (hizmatlar) ni bajarish uchun zarur bo’lgan mehnat resurslariga va mutahassislarning mavjudligiga, moliyaviy imkoniyatlarga, shartnoma tuzish yuzasidan fuqorolik-muomala, huquqiy layoqat va vakolatlarga ega hamda tajribali, ishonchli bo’lishlari shart.
  • Tanlovda qatnashish va tanlov hujjatlariga ega bo’lish uchun so’rovnoma bilan savdo tashkilotchisiga murojat qilishlari mumkin.
  • Takliflar (ofertalar) tanlov tashkilotchisi tomonidan yuqoridagi manzilda qabul qilinadi. Takliflar (ofertalar) ni savdo tashkilotchisiga taqdim etishning ohirgi muddati, ofertalar ochilish kuni va soati, tanlov savdolari matbuotda e’lon chop etilgan kundan 30 kun o’tganidan so’ng yuqorida ko’rsatilgan manzilda o’tkaziladi.

Qo’shimcha savollar uchun:

«Uz-DongWon Co» qo’shma korhonasi bosh energetigi:  Soliyev M (374) 233-1358